MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TALABA-YOSHLAR ISHTIROKIDA IJODIY VA INTELLEKTUAL TADBIRLAR O‘TKAZILDI
14.08.2026 Поделиться
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlarning ijodiy salohiyati, bilim va dunyoqarashini namoyon etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, “Mustaqil O‘zbekiston — mening Vatanim” hamda “Yoshlar — Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” shiorlari ostida rasmlar tanlovi o‘tkazilib, unda talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini, mustaqillik va yurt taraqqiyoti haqidagi tasavvurlarini ifoda etdilar.
Ijodiy tanlov bilan bir qatorda, talaba-yoshlarning bilimi, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini ham tashkil etildi. Unda ishtirokchilar turli mavzulardagi savollar orqali o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.





