“Mustaqillik darslari” — yangi o‘quv yilining ilk sabog‘i
07.09.2026 Поделиться
Talaba-yoshlar uchun yangi o‘quv yilining ilk kuni “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida tashkil etilgan “Mustaqillik darslari” bilan boshlandi.
Darslar davomida talabalarga mamlakatimiz mustaqilligining mazmun-mohiyati va tarixi, milliy g‘oya hamda vatanparvarlik tuyg‘ularining ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yangi talabalar institutning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi hamda ta’lim jarayoniga oid muhim talab va tartiblar bilan yaqindan tanishtirildi.
Ushbu tadbirlar yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ta’lim olishga mas’uliyatli yondashuvni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.









