NUKUS SHAHRIDA XALQARO PEDIATRIYA KONGRESSI O‘Z ISHINI BOSHLADI
12.06.2026 Поделиться
2026-yil 12–13-iyun kunlari Nukus shahrida “Amaliy pediatriyaning dolzarb masalalari” IV Xalqaro kongressi hamda “Work Shop Intensive Care – 2026” ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi pediatrlari, anesteziolog-reanimatologlari, nefrologlari hamda boshqa mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Kongress O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Bolalar milliy tibbiyot markazi hamkorligida tashkil etilib, Nukusdagi tibbiyot institutida o‘tkazilmoqda.
Tadbir davomida:
Bolalarda intensiv terapiyaning zamonaviy yondashuvlari;
Sepsis va respirator terapiya masalalari;
Trombotik mikroangiopatiya va buyrak o‘rnini bosuvchi terapiya;
Innovatsion anesteziologik texnologiyalar;
Orfan kasalliklarni tashxislash va davolash;
Xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi amaliy mahorat darslari muhokama qilinmoqda.
Mazkur kongress pediatriya, anesteziologiya va intensiv terapiya sohalarida xalqaro tajriba almashish, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga joriy etish hamda tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga xizmat qiladi.























