Yangiliklar

Ochiq sud – ogohlik, tartib-intizom va mas’uliyat maktabi

22.07.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida ochiq sayyor sud jarayoni tashkil etildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudiyasi R.Nazarov boshchiligida o‘tkazilgan ushbu sudda talabalar S.A va B.A tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi.

Ular tomonidan noqonuniy diniy materiallarni telefon orqali ko‘rish va tarqatish holatlari aniqlanib, Ma’muriy Kodeksning 184²-moddasiga asosan qonuniy choralar ko‘rildi.

Tadbir davomida nafaqat QTIdan, balki boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar, shuningdek, boshqada fuqarolarning ham ma’muriy huquqbuzarlikga oid sud jarayonlari ko‘rib chiqildi.

Sudning asosiy maqsadi — yoshlarni ogohlikka, qonunga hurmat, axborot xavfsizligi va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanishga chaqirishdan iborat bo‘ldi.

Sudya R.Nazarov: “Bugun yoshlarga barcha imkoniyatlar yaratilgan. Ammo bu ishonchni oqlash uchun har bir yosh o‘z vaqtini bilimga, mehnatga sarflashi kerak. Noqonuniy harakatlarga befarq bo‘lmang, huquqbuzarlikni erta oldini olish — o‘z kelajagingizni asrashdir!”

Har bir yoshdan hushyorlik, mas’uliyat va qonunga sadoqat talab etiladi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com