Yangiliklar

“O‘zbek tili — qalbim tarjimoni” mavzusida ijodiy tanlov o‘tkazildi

02.10.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida xorijlik talaba-yoshlar o‘rtasida “O‘zbek tili — qalbim tarjimoni” mavzusida ijodiy asarlar tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda faol va iqtidorli xorijlik talabalar ishtirok etib, o‘zbek tilining inson hayotidagi o‘rni, ona tilimizning boyligi va jozibasi, shuningdek, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi ijodiy ishlarini taqdim etdilar.

Mazkur tadbir xorijlik talaba-yoshlar qalbida o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada mustahkamlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini yuksaltirishga xizmat qildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com