“Qalqon” guruhlari hamkorligi — yoshlar huquqiy madaniyati yo‘lida yangi bosqich
12.09.2025 Поделиться🗓 11-sentyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti o‘rtasida muhim qadam tashlandi — talaba-yoshlarni ma’naviy va huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Qalqon” guruhlari hamkorlik memorandumi imzolandi.
🤝 Tadbirda profilaktika inspektorlari, Yoshlar ittifoqi yetakchilari hamda “Qalqon” guruhlari a’zolari ishtirok etib, yoshlarni salbiy oqimlardan himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
🔑 Memorandumning asosiy maqsadi:
• ikki oliy ta’lim muassasasi “Qalqon” guruhlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
• profilaktika va huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;
• yoshlar orasida sog‘lom muhit va ijtimoiy faollikni oshirish.
📌 Uchrashuv yakunida kelgusida muntazam ravishda qo‘shma tadbirlar, davra suhbatlari va ma’rifiy uchrashuvlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✨ Ushbu hamkorlik nafaqat “Qalqon” guruhlari, balki barcha talaba-yoshlar uchun huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda hamkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube







