QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI E’ZOZLANADI
06.10.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan maqolalar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yosh avlodga xalqimizning murakkab va og‘riqli tarixini chuqurroq anglatish, qatag‘on yillari qurbonlari xotirasini yod etish, ularning hayoti va faoliyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda talabalarning tarixiy tafakkuri va ijodiy salohiyatini rivojlantirishdan iborat.
Tanlov davomida talabalar qatag‘on yillarining tarixiy saboqlari, millatimizning fidoyi farzandlari hayoti va ma’rifat yo‘lidagi faoliyati haqida o‘z maqolalarini taqdim etdilar.

