E'lonlar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Rektoridan MUROJAAT

07.01.2026

Aziz talabalar, hurmatli ota-onalar va ustozlar!

Bugungi kunda yoshlarimiz hayoti va kelajagiga eng katta tahdid — giyohvandlik va narkojinoyatlar hisoblanadi. Bu illat bir zumlik “rohat” emas, balki hayotni yemiruvchi, orzularni barbod qiluvchi xavfli tuzoqdir.

Afsuski, ayrim yoshlar bilib-bilmay yoki aldovlarga uchib bu yo‘lga kirib qolmoqda. Ayniqsa, dorixonada ishlayotgan talabalardan psixotrop dorilar bilan ishlashda qonuniy me’yorlarga qat’iy amal qilish talab etiladi. Birgina xato — katta javobgarlik va hayotga putur yetkazishi mumkin.

Aziz talabalar!
Siz — yurt kelajagisiz. O‘zingizni asrang! “Bir marta sinab ko‘rsam hech narsa bo‘lmaydi” degan gap — eng katta yolg‘on. Giyohvandlikning har bir tomchisi — taqdirni yemiruvchi zahar.

Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizning qiziqishlari va muhitidan boxabar bo‘ling. Mehr va ishonch — eng kuchli himoya.

Muhtaram ustozlar!
Yoshlarni ogohlikka chaqirish, ularga sog‘lom hayot yo‘lini ko‘rsatish — sizning qo‘lingizda.

Birlashsak — yengamiz! Narkojinoyatlarga qarshi murosasiz kurash olib boraylik.

Sog‘lom avlod — bizning eng katta boyligimiz!

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti
Rektori Xalimov Olimbay Ashirbaevich

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com