Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida jinoyatchilikka qarshi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

21.07.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Bugun institutning katta majlislar zalida «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga bag‘ishlangan muhim tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi prorektor Z.Aleuov ochib berdi. Unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi raisi R.Nazarov, rektor maslahatchisi A.Allaniyazov, profilaktika inspektori T.Qarlibayeva, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va uni barvaqt oldini olish, huquqiy madaniyat va qonunlarga bo‘ysunish, kiberxavfsizlik va ijtimoiy tarmoqlarda jinoyatlar, giyohvandlik, firibgarlik va ekstremizm kabi salbiy illatlar haqida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbirda yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, sport seksiyalariga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish lozimligi ta’kidlandi.

Maqsad — yoshlarni xatarli illatlardan asrash, huquqbuzarlikni erta aniqlash va oldini olish.

Huquqbuzarlikka qarshi birgalikda kurashaylik!

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com