Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida lektor konserti tashkil etildi
26.02.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida milliy cholg‘u asboblari uyg‘unlashtirilgan ajoyib lektor konserti o‘tkazildi. Bugungi tashkil etilgan lektor konserti o‘ziga xos bo‘lib, ilm-fan va san’at uyg‘unligini namoyon etdi. Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining talaba va o‘qituvchilaridan iborat guruh o‘z mahoratlarini namoyish etdi.
Tadbirni QTI rektori v.v.b. Olimboy Xalimov ochib berdi va ishtirokchilarni tabrikladi. U, bunday tadbirlarning ilmiy va madaniy rivojlanish uchun ahamiyatini ta’kidladi va talabalarga ilmda va ijodda muvaffaqiyatlar tiladi.
Konsertning maqsadi, tibbiyot sohasida ishlayotgan yosh mutaxassislar va talabalar uchun dam olish va ijodiy ruhni shakllantirish, ular orasida san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirishdir. Lektor konserti davomida musiqa, she’riyat va boshqa san’at turlari o‘zaro uyg‘un tarzda namoyish etildi.
Tadbirda bunday konsertlar talabalarga nafaqat ilm-fan sohasida, balki hayotda ham muvaffaqiyatlarga erishishda katta yordam berishi, san’at va ilm-fan bir-birini to‘ldiruvchi va rivojlantiruvchi kuch ekani ta’kidlandi.
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida o‘tkazilgan ushbu lektor konsert, ilmiy ishning o‘ziga xos va ijodiy tomonlarini ochib berib, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.
▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube







