Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi 🩺

27.03.2025

👁 14 marta ko‘rilgan

Bugun, Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash va kelgusidagi rejalar bo‘yicha matbuot anjumani tashkil etildi. Unda mamlakatimizdagi OAV vakillari va Institutning rektorat jamoasi ishtirok etdi.

📢 Anjuman davomida sohaga oid bir qator savollar berib, mutassadilar tomonidan aniq va to‘liq javoblar qaytarildi. Institut tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar, innovatsion o‘qitish metodikalari va kelgusidagi rejalar haqida xabar berildi.

🎯 Anjumanning asosiy maqsadi – tibbiyot kadrlarini yuqori darajada tayyorlash, zamonaviy talablarga javob beruvchi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ishlarning ahamiyatini keng aholiga yetkazishdir.

⚙️ Joriy yilda Institutda yangi o‘quv dasturlari, amaliyotlar va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ko‘plab loyihalar amalga oshiriladi.

🗨 Matbuot anjumanida shular haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashildi va jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga aniq javoblar berildi.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube