Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida o‘quv seminari o‘tkazildi
08.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyevning so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda ma’naviyat targ‘ibotchilari, professor-o‘qituvchilar, oliy ta’lim muassasalarining prorektor va direktor o‘rinbosarlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktor o‘rinbosarlari hamda maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari direktorlari ishtirok etdi.
Tadbirni institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Z. Aleuov olib bordi.
O‘quv seminari davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jamiyat ma’naviy hayotini yuksaltirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Prezident nutqida ilgari surilgan muhim g‘oya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Seminarda:
— Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, siyosiy fanlar doktori O. Xasanov;
— Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limi rahbari T. Atamuratov;
— «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, yuridik fanlari doktori, professor F. Muxitdinova;
— «Nuroniy» jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi raisi T. Abdijabbarov;
— «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) O. Almardonov;
— «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, iqtisod fanlari nomzodi O. Maxmudovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Ma’ruzachilar tomonidan davlatimiz rahbarining nutqida belgilangan ustuvor vazifalar, jamiyat taraqqiyotida ma’naviyat va ma’rifatning o‘rni, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda ilg‘or g‘oyalarni keng jamoatchilikka yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar ishtirokchilar uchun dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashish va amaliy tavsiyalar olish imkonini berdi.










