Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Qiz tarbiyasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy seminar tashkil etildi
12.10.2026 Поделиться
11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-qizlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash hamda hayotda o‘z munosib o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida “Qiz tarbiyasi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda Nukus davlat pedagogika instituti pedagogika fanlari bo‘yicha professor-o‘qituvchisi G. Bekimbetova mehmon sifatida ishtirok etdi. U o‘zining ko‘p yillik pedagogik va kasbiy faoliyati davomida orttirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashib, talaba-qizlarga muvaffaqiyatga erishish yo‘llari, kasbiy rivojlanish, o‘z ustida muntazam ishlash, bilim va malakalarni oshirib borish hamda hayotiy maqsadlarni aniq belgilash yuzasidan qimmatli tavsiyalar berdi.

