Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida — “Shoir va yoshlar” samimiy uchrashuvi

28.08.2025

👁 4 marta ko‘rilgan

“Dolzarb 90 kun” loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Shoir va yoshlar” tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu safargi uchrashuv qalblarda she’riyatga mehr uyg‘otdi.

Tadbirni institutning Ma’rifiy va ma’naviy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i A.Ajiev ochib, yoshlar uchun bunday muloqotlarning hayotiy saboq bo‘lishini ta’kidladi.

✨ Uchrashuv mehmoni — O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli shoir R.Otarbaev bo‘ldi. Shoir talabalarga so‘z san’ati, she’riyatning inson qalbini tarbiyalashdagi o‘rni haqida iliq fikrlarini bildirib, ularni ijodga va hayotiy saboqlarga chorlovchi she’rlari bilan ilhomlantirdi:

Ko‘ksingni qalqon et bo‘ron, sellarga,

Tinchlik yarashar, obod ellarga,

O‘yla, kelajakni terga botib,

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

Muloqot davomida talabalar shoir bilan ochiqchasiga suhbatlashib, o‘zlarini qiynagan savollarga javob olishdi. Uchrashuv yoshlarning qalbida she’riyatga, ma’naviyatga, ijodga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirdi.

🔹 Bunday samimiy uchrashuvlar — ijodga chanqoq qalblarga suv sepadi, ma’naviyatni boyitadi va o‘z yo‘lini endi boshlayotgan yoshlar uchun ustozona maslahatlar maktabiga aylanadi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com