Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi

30.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Bayram tadbirini institut rektori Olimboy Xalimov ochib berib, yig‘ilganlarni qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etdi.

Rektor o‘z tabrigida ustoz va murabbiylarning yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, ularning bilim va kasbiy salohiyatini shakllantirishdagi beqiyos o‘rnini ta’kidlab, barcha professor-o‘qituvchilarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik hamda sharafli faoliyatlarida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com