Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida xotin-qizlarni himoya qilish mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

24.06.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Bugungi kunda xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Shu munosabat bilan, Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi» qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida texnik xodimlar uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda institut rektori xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Yerimbetova hamda profilaktika inspektori T.Qarlibayeva ishtirok etib, qonunning ahamiyati, uning amaliyotdagi tatbiqi, zo‘ravonlik holatlarini bartaraf etish va ularning oldini olish borasida atroflicha tushuncha berishdi.

Tadbirda ishtirokchilar huquqiy bilimlarini oshirish bilan birga, turli hayotiy misollar asosida zo‘ravonlikka qarshi kurashish usullari bilan tanishdilar.

🔹 Huquqiy ong – barqaror jamiyat poydevori!

🔹 Xotin-qizlarni himoya qilish – har birimiz uchun mas’uliyat!

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com