Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining Innovatsion Simulyatsiya markaziga press-tur tashkil etildi
24.01.2025 ПоделитьсяOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 7 ta ustuvor yo‘nalishidan kelib chiqib, vazirlik va idoralar tashkilotlarining 2025 yilning I choragi (yanvar-mart) oylarida o‘tkaziladigan Media-rejasi tasdiqlangan.
Rejaga muvofiq Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida zamonaviy va innovatsion usullarga asoslangan o‘qitishni amalga oshirish uchun tashkil etilgan Simulyatsiya markaziga press-tur tashkil etildi.
Tadbirda 10 dan ortiq OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Press-tur davomida tibbiyot mutaxassislarini yuqori malaka va professional salohiyat bilan tayyorlash imkonini beradigan institut sharoitlari bilan yaqindan tanishtirildi.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube







