QR IIV mutaxassislari bilan talaba-yoshlarning uchrashuvi tashkil etildi
31.01.2025 ПоделитьсяKecha 30 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti majlislar zalida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi xizmati, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari va QTI v.v.rektori O.Xalimov hamda yoshlar masalalari bilan bog‘liq mas’ullarning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi talabalarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish zarurligini tushuntirish va atrofdagi odamlarda xavfsizlik va mas’uliyat hissini shakllantirishga chaqirishdir.
Mutaxassislar talabalarga yo‘l harakati qoidalariga amalda qanday rioya qilish kerakligini tushuntirib, yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Bunda yoshlarning o‘zi ham, jamoatchilikning barcha a’zolari ham yo‘l harakati qoidalariga katta ehtiyoj sezishi kerakligini ta’kidladi.
👉 Batafsil
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube






