QTI TALABALARI “IT QUEENS” TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHIDA G‘OLIBLAR QATORIDA
03.10.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston davlat universitetida “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari ham faol ishtirok etib, uchta yo‘nalish bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.
🤖 “Sun’iy intellekt” yo‘nalishida
2-tibbiyot fakulteti Pediatriya ishi 3-kurs talabasi Kongratbayeva Nazokatning “PRECISION MEDICINE AI” loyihasi 1-o‘rinni egalladi.🦾 “Mexatronika va robototexnika” yo‘nalishida
2-tibbiyot fakulteti Tibbiy profilaktika ishi 2-kurs talabasi Usnatdinova Dilfuzaning “EKZOSKELET” loyihasi 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi.🌡 “Aqlli qurilmalar va IoT yechimlari” yo‘nalishida
1-tibbiyot fakulteti Davolch ishi 3-kurs talabasi Shodiyeva Azizaning “Termometr DON&DAL” loyihasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.Mazkur natijalar talaba-qizlarning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etmoqda.



