QTIda «15-mart Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni» munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi
15.03.2025 ПоделитьсяKecha, 14-mart kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Butunjahon iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda, QR Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bosh mutaxassisi A.Aybergenov, QR Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ijrochi direktori M.Mustafayev, va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda moliyaviy savodxonlik, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishning qonuniy asoslari, shuningdek, moliyaviy xizmatlar va mahsulotlar bo‘yicha to‘g‘ri tanlovni amalga oshirish haqida tadbir ishtirokchilariga qimmatli ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv ishtirokchilari bugungi kunda turmushimizda uchrayotgan bu turdagi muammolarni yechish va ulardan saqlanish haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube


