Yangiliklar

QTIda el suygan adiblar bilan ijodiy uchrashuv!

13.10.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida o‘zbek va qoraqalpoq adabiyotining el suygan vakillari bilan samimiy ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Bu uchrashuv — talabalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma’naviyatni yuksaltirish hamda adabiyot orqali qalblarga ezgulik urug‘ini ekish maqsadida tashkil etilmoqda.

🎙 Tadbirda quyidagi taniqli adiblar ishtirok etadi:

Baxtiyar Genjemuratov – O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;

Rustam Musurmonov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, “Shuhrat” medali sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi;

Masihulloh Madaminov – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

📅 Sana: 17-oktyabr

🕙 Boshlanish vaqti: 14:30

📍 Joy: Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti

Adabiyot, ilhom va ma’rifat uyg‘unlashgan ushbu uchrashuvda sizni kutib qolamiz! ✨

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com