QTIda ochiqlik va adolat – taraqqiyot garovi mavzusida ochiq suhbat!
11.07.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida kuzgi va bahorgi semestr yakunlari bo‘yicha talabalar o‘rtasida korrupsiya holatlari va tamagirlik bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari muhokama qilindi.
🔍 Ushbu ochiq muloqotda institutning Korrupsiya va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i Q.Jamalov so‘zga chiqib, anonim so‘rovnomalar asosida aniqlangan kamchiliklar, ularni keltirib chiqaruvchi omillar va bartaraf etish choralari haqida batafsil ma’lumot berdi.
✅ Shuningdek, talabalar tomonidan bildirilgan fikrlar asosida:
• Kafedralardan aniqlangan xato va kamchiliklarni tahlil qilish,
• Darsliklar fondini boyitish va tibbiyotga oid manbalarni ko‘paytirish,
• Talabalar uchun qulay ta’lim sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Yangi o‘quv yili arafasida talabalarni institutning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik asoslari bilan to‘liq tanishtirish vazifasi belgilandi.
➤ Ochiq muloqotda fidoyi va tajribali professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash va talabalarning bilimini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.
📌 Eslatma:
O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 apreldagi 176-son qarori hamda Oliy ta’lim muassasalarida komplayens-nazorat tizimini joriy etish bo‘yicha belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar asosida ish tashkil etilgan.
▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube


