QTIda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida «Kitobxon yoz – 2025″…
06.08.2025 ПоделитьсяQTIda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida «Kitobxon yoz – 2025» madaniy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining axborot-resurs markazi tomonidan «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitob o‘qishga jalb etish, ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida «Kitobxon yoz – 2025» madaniy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirda institut yoshlari faol ishtirok etib, o‘zlari o‘qigan va ta’sir qoldirgan asarlar haqida qiziqarli fikrlar bilan bo‘lishib, bilim va taassurotlar almashdi.
Ushbu tadbir «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida o‘tkazilib, undan ko‘zlangan asosiy maqsad – yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy muhitini mustahkamlashdan iborat.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube




