Qurolli Kuchlar faxriylari va soha mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi
11.01.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan harbiy soha faxriylari va xizmat qilayotgan mutaxassislar bilan «Yangi O‘zbekiston armiyasi – davlat tayanchi, xalqimiz g‘ururi» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni Institut rektori v.v.b Olimboy Xalimov ochib berdi. Bayram sanasi munosabati bilan Qurolli Kuchlarimizning 33 yilligi bilan soha xodimlari va yig‘ilish ishtirokchilarini tabrikladi.
Uchrashuvda, Afg‘on urushi qatnashchilari, faxriylar o‘zlarining mehnat yo‘llarini, tinchlik qadrini ko‘z qorachig‘idek asrash va Ona vatanga sodiq farzand bo‘lib uning ravnaqi uchun xizmat qilishga chaqirdi.
Shundan so‘ng, bayram munosabati bilan soha fidoyilariga hamda hamkorlikdagi faolligi uchun Institut tomonidan tayyorlangan Tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi.
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube









