Yangiliklar

Raqamli xavfsizlik: sun’iy intellekt va kiberhimoya bo‘yicha muhim tavsiyalar

16.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida xodimlarning zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali va xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik hamda “APK QO‘RIQCHI” mobil ilovasidan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan tushuntirish seminari tashkil etildi.

Seminar davomida sun’iy intellekt texnologiyalaridan ish jarayonida samarali foydalanish, raqamli muhitda axborot xavfsizligini ta’minlash, shaxsiy va xizmatga oid ma’lumotlarni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik talablariga rioya etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga “APK QO‘RIQCHI” ilovasining imkoniyatlari va undan foydalanish tartibi haqida ma’lumot berilib, mobil qurilmalarga mazkur ilovani o‘rnatish tavsiya etildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com