Yangiliklar

“ROSSIYA TA’LIMI. TOSHKENT — 2026” XALQARO KO‘RGAZMA-YARMARKASIGA TAKLIF ETAMIZ!

16.09.2026

Rossotrudnichestvoning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Elchixonasi ko‘magida “Rossiya ta’limi. Toshkent — 2026” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasini o‘tkazadi.

📅 Sana: 25–26-sentabr 2026-yil
📍 Manzil: MGIMOning Toshkent filiali

Ko‘rgazmada Rossiya Federatsiyasining turli hududlaridan 40 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari ishtirok etadi.

🎓 Mazkur ko‘rgazma, avvalo, bakalavriat va magistraturaning bitiruvchi bosqichida tahsil olayotgan hamda Rossiyada:

• magistratura;
• ordinatura;
• aspirantura;
• kasbiy qayta tayyorlash

dasturlari bo‘yicha ta’limni davom ettirishni rejalashtirayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.

🇷🇺 2027/2028-o‘quv yili uchun Rossiya Federatsiyasi Hukumati kvotasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun Rossiya oliy ta’lim muassasalarida 800 dan ortiq budjet o‘rni ajratilgan.

Ko‘rgazma davomida talabalar Rossiyada ta’lim olish imkoniyatlari, qabul tartibi, hujjat topshirish muddatlari, tanlov jarayonlari hamda zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin.

📌 Shuningdek, universitet vakillari va talabalar uchun individual maslahatlar tashkil etiladi.

🎯 Rossiyada ta’lim olish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish va kelgusidagi ta’lim yo‘nalishini belgilash istagida bo‘lgan talabalarni “Rossiya ta’limi. Toshkent — 2026” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etishga taklif etamiz.

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Matbuot xizmati

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com