“Salomatlik spartakiadasi” g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi
30.09.2026 Поделиться
Bayram tadbiri davomida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan institutda o‘tkazilgan “Salomatlik spartakiadasi” sport musobaqalarida munosib ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan professor-o‘qituvchilar hamda jamoalarni taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Institut rektori Olimboy Xalimov tomonidan sport musobaqalarida faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etgan ustozlar va jamoalarga esdalik sovg‘alari hamda diplomlarni tantanali ravishda topshirdi.
Taqdirlash jarayonida ishtirokchilarning sportdagi faolligi, jamoaviyligi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qo‘shayotgan hissasi e’tirof etildi.



