Yangiliklar

SALOMATLIK SPARTAKIADASI: SPORT MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI

26.09.2026

Bugun 26-oktyabr Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-хodimlar o‘rtasida “Salomatlik spartakiadasi” doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqalar doirasida ayollar o‘rtasida “Quvnoq startlar”, erkaklar o‘rtasida “Streetball” shuningdek, ayollar va erkaklar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha sport bellashuvlari tashkil etildi.

🏃‍♀️ “Quvnoq startlar” bahslarida ishtirokchi jamoalar chaqqonlik, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlikni talab etuvchi 3 turdagi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

🏀 “Streetball” 3×3 musobaqasida erkaklar jamoalari sport mahorati va jamoaviy o‘yin ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Musobaqalar jarayonida ishtirokchilar o‘zaro hamjihatlik va faol ishtirok muhitida vaqtlarini mazmunli o‘tkazdi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com