Shumanay tumanida yoshlar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi
15.08.2025 Поделиться2025 -yil 14-avgust kuni Shumanay tumani sport maktabi binosida «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Tibbiyot instituti tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida stol tennisi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil etildi.
Sport yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va shijoatli etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Musobaqa davomida yosh sportchilar o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va mahoratini namoyish etib, tengdoshlari bilan o‘zaro bellashdi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bunday sport musobaqalari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.



