Yangiliklar

SOG‘LOM MUHIT — SOG‘LOM JAMIYAT

21.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Xotin-qizlar kengashi tomonidan talaba-yoshlar uchun “Ma’rifat soati” tashkil etildi.

“Sog‘lom muhit — sog‘lom jamiyat” mavzusiga bag‘ishlangan tadbirda yoshlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat va sog‘lom munosabatlarni mustahkamlash masalalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbirda institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova, institut inspektori T. Karlibayeva, ayol-qizlar psixologi M. Ismailova hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Shuningdek, talabalar uchun psixologik mashg‘ulotlar tashkil etilib, ularning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, turli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish va sog‘lom muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashqlar o‘tkazildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com