Yangiliklar

«Stresslarsiz bir kun» psixologik treningi 💆‍♀️

03.04.2025

👁 5 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 1-kurs talaba qizlari uchun psixologik trening tashkil etildi. Ushbu trening xotin-qizlar psixologi M.Ismailova tomonidan olib borildi.

🔹 Treningning asosiy maqsadi – talabalarni stressni boshqarish, diqqatni jamlash va hissiy barqarorlikka o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.

🔹 Trening davomida qizlar quyidagi texnikalar yordamida o‘z psixologik holatini yaxshilashdi:

☂️ «Soyabon» – tashqi omillardan himoyalanish va ichki xotirjamlikni saqlash mashqi.

🎨 «Ranglar gapiradi» – ranglar orqali his-tuyg‘ularni tushunish va ifodalash texnikasi.

🎯 «Diqqatni jamlash» – fikrlarni tartibga solish va stressni kamaytirishga yo‘naltirilgan usul.

📌 Trening natijalari:

✅ Talabalar stressni yengish va hissiy barqarorlikni saqlash bo‘yicha foydali ko‘nikmalar oldi.

✅ Diqqat-e’tiborni jamlash va hayotiy muammolarga boshqacha nigoh bilan qarashni o‘rganishdi.

✅ Jamoaviy muhitda psixologik yengillik his etishdi.

💬 Trening ishtirokchilari o‘z fikrlari bilan bo‘lishib, bunday mashg‘ulotlar doimiy ravishda o‘tkazilib turishini istashlarini bildirishdi.

⚙️ Stresssiz va xotirjam hayot sari bir qadam!

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com