Yangiliklar

Talaba qizlarning yashash sharoiti o‘rganildi

19.10.2025

👁 4 marta ko‘rilgan

🔹 Joriy yilning 18-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Erimbetova hamda tyutorlar F.Mamutova va A.Ismamutova tomonidan ijarada yashayotgan talaba qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔹 Uchrashuvning asosiy maqsadi — talabalarning yashash sharoiti, ta’lim jarayonidagi ishtiroki, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlari hamda ularning ruhiy-ma’naviy holatini yaqindan o‘rganish edi.

🔹 Suhbat davomida talabalarga sanitariya-gigiyena me’yorlariga, xavfsizlik qoidalariga va institut ichki tartib-qoidalariga rioya etish zarurligi alohida ta’kidlandi.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com