Talaba-yoshlarning huquqiy va moliyaviy savodxonligi oshirilmoqda
14.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan aholining, ayniqsa, yosh xotin-qizlar va uy bekalarining huquqiy, moliyaviy savodxonligi hamda iste’molchilik madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida bugun, 14-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Qo‘mita raisi o‘rinbosari S. Najimov hamda soha mutaxassislari ishtirokida navbatdagi seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida talaba-yoshlarga kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan iste’molchilik muammolari, elektron savdo, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, shartnoma munosabatlarida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim jihatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan ularga atroflicha javob oldilar.






