TALABALAR TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETIDA
28.09.2026 Поделиться
Ayni kunlarda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talaba-yoshlari Toshkent shahrida bo‘lib turibdi.
Toshkent shahriga tashriflarining ilk kunida talabalar Toshkent davlat tibbiyot universitetiga borib, universitetning tarixi, ilmiy faoliyati va bugungi rivojlanish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida talabalar universitet muzeyida bo‘lib, ta’lim dargohining boy tarixi, tibbiyot ta’limi va ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, universitetni tamomlagan tibbiyot sohasida tanilgan olimlar, shifokorlar va yetuk mutaxassislarning hayoti hamda kasbiy faoliyati haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.


