Yangiliklar

Talabalar turar joyidagi sharoitlar o‘rganildi

16.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlarni o‘rganish va talaba-yoshlarning yashash hamda ta’lim olishlari uchun qulay muhitni ta’minlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayoniga institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova boshchilik qildi.

Tashrif davomida talabalar xonalari, oshxona, dars tayyorlash xonalari hamda umumiy foydalanish joylarining holati ko‘zdan kechirildi.

Talabalarning yashash sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablari va o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun yaratilgan imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com