Teatr — qalbga ta’sir etuvchi ibrat maktabi
19.02.2026 ПоделитьсяInson qalbidagi tuyg‘ularni har doim so‘z bilan ifoda etib bo‘lmaydi. Ayrim lahzalarda qalb titraydi, ko‘z yoshlar esa beixtiyor oqadi. Ana shunday paytda “Teatr — ibratxona” degan hikmatning chuqur ma’nosi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalarini teatrga olib borishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar qalbida insonparvarlik, mas’uliyat va ma’naviy poklik tuyg‘ularini mustahkamlashdir. Tomosha qilingan “Tebrenbes júrekler” spektakli nafaqat sahna asari, balki har bir tomoshabin qalbiga murojaat qilgan kuchli hayotiy saboq bo‘ldi.
Ushbu ma’naviy tadbir taassurotlari haqida institut Matbuot kotibi tomonidan Erkin Qaraqalpaqstan gazetasida maqola chop etildi.
Barcha professor-o‘qituvchilar va talabalarni gazetaning rasmiy 👉 Telegram kanaliga a’zo bo‘lishga hamda institut hayotiga oid yangilik va maqolalar bilan faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
