Yangiliklar

«Teatr tomoshalari haftaligi»da yangi ijodiy ko‘rgazma!

26.03.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri jamoasi «Teatr tomoshalari haftaligi»ning oltinchi kunida katta diqqatga sazovor bo‘lgan spektaklni taqdim etdi. Ushbu kunida teatr sahnasiga K. Raxmanovning «JAR» dramasi chiqarildi. Spektakl, teatrning ijodiy rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, tomoshabinlarga katta taassurotlar uyg‘otdi.

Teatrdagi mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining O‘zbek tili, tillar ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari va talaba yoshlari ishtirok etishdi, ular mazkur ijodiy asarni katta qiziqish bilan kuzatishdi.

🎭 Teatr haftaligi davom etmoqda! Yana ko‘plab yangi spektakllar va ijodiy ijro davomida teatrsan’atining yuqori darajasini sezish mumkin.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com