Yangiliklar

Tibbiyotda yangi islohotlar amaliyotda

15.09.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida professor-o‘qituvchilari tomonidan Chimboy tumani Oilaviy shifokorlarining qisqa muddatli oflayn o‘quv kurslari yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

🎯 Mashg‘ulotlarda tinglovchilar:

•  har bir modul bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni to‘liq hajmda egallamoqda;

•  zamonaviy klinik bazalarda bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda;

•  o‘z faoliyatida qo‘llashi mumkin bo‘lgan innovatsion yondashuvlarni o‘zlashtirmoqda.

🏥 Zarur moddiy-texnik sharoitlar yaratilgan holda o‘quv jarayonlari tizimli davom etmoqda va bu esa sog‘liqni saqlash tizimida yangi sifat bosqichiga erishishga xizmat qilmoqda.

✨ Bosh maqsad – aholiga qulay, sifatli va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash!

✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com