Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz!
14.01.2025 ПоделитьсяBugun biz Vatanimiz tinchligi va har bir oiladagi tinchlikni himoya qilishga o‘z hayotini bag‘ishlagan insonlarga hurmat bajo keltiramiz. Vatan himoyachilari kuni – mardlik va sadoqat ramzi bo‘lgan katta bayram.
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Vatan himoyasini keng ma’noda tushunamiz. Bu nafaqat davlat chegaralarini himoya qilish, balki jamiyatdagi sog‘lig‘i zaif insonlarni – bolalar, kattalar salomatligini asrash ekanini anglaymiz.
Sizlar, mard posbonlar, o‘z fidokorligingiz va mehnatingiz bilan bizga ilhom bag‘ishlaysiz. Sizning jasoratingiz bizga va bo‘lajak shifokorlarga har bir insonning sog‘lig‘ini asrash va ularga e’tibor ko‘rsatishga undaydi.
Fidokorona xizmatlaringiz uchun Sizlarga, chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz. Xonadonlaringizda tinchlik-osoyishtalik va hayotingizda hamisha ezgulik bo‘lsin!
