Yangiliklar

Vatan tarixini anglash — kelajak oldidagi mas’uliyat

16.09.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 1-kurs talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va tarixiy xotira tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida sayohat tashkil etildi.

Sayohat institut tyutori M. Xudaybergenov boshchiligida Nukus shahridagi Vatanparvarlar bog‘iga uyushtirildi. Talabalar tashrif davomida Qatag‘on qurbonlari muzeyi hamda “Motamsaro ona” haykali bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida talabalarga yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi o‘z-o‘zidan kelmaganligi, urushlarda halok bo‘lgan vatandoshlarimizning hayoti, jasorati va fidoyiligi bugungi tinch hayotimizning naqadar bebaho ne’mat ekanligi haqida tushunchalar berildi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com