Vatan tinchligi – eng oliy ne’mat, uni himoya qilish esa muqaddas burch!

12.01.2026

👁 11 marta ko‘rilgan

Vatan himoyachilari kuni arafasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Zayir Aleuov hamda Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi talabasi Baxadirov Janibek «Qaraqalpaqstan» telekanalining «Assalawma áleykum, Qaraqalpaqstan!» kórsetiwiga mehmon bo‘lishdi.

📺 Ko‘rsatuv davomida:

• mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor,

• yoshlar orasida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash,

• tinchlik va barqarorlikning beqiyos ahamiyati,

• Vatanga sadoqat va mas’uliyatli fuqaro bo‘lish masalalari muhokama qilindi.

Bunday ochiq muloqotlar talaba-yoshlar ongida Vatanga muhabbat, mardlik, fidoyilik va mas’uliyat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Vatan himoyachilari — xalqimizning faxri va tayanchi!