“VATANGA XIZMAT QILISH — ULUG‘ MAQSADIM”
19.08.2026 Поделиться
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Vatanga xizmat qilish — ulug‘ maqsadim” shiori ostida talabalar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqalari o‘tkazildi.
Musobaqalar davomida ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlash, strategik yondashuv va vaziyatni to‘g‘ri baholash qobiliyatlarini namoyon etdilar.
Mazkur sport tadbirlari talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.




