Yangiliklar

XALQARO HAMKORLIK DOIRASIDA YANGI KOSMETOLOGIK USKUNA

28.08.2026

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti va Germaniyaning PlasmaHealth LLC kompaniyasi o‘rtasida 2026-yil 3-iyun kuni hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolangan.

Mazkur Memorandum doirasida Germaniya Respublikasidan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutiga beg‘araz yordam sifatida Plasma Health Pro markali kosmetologik uskuna olib kelindi.

Mazkur zamonaviy uskuna institutning o‘quv, ilmiy-amaliy va kosmetologiya yo‘nalishlaridagi faoliyatida foydalanish, shuningdek, tegishli mutaxassislar tomonidan uning imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida qo‘llanilishi rejalashtirilgan.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com