«Yoshlar va biz» loyihasida institut talabalari ishtirok etdi
14.05.2026 Поделиться👁 12 marta ko‘rilgan
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari Qoraqalpog‘iston teleradiokanaliga tashrif buyurdi.
«Yoshlar va biz» loyihasi doirasida tashkil etilgan suhbatda 3-kurs talabalari Odilov Diyorbek va Allambergenova Gulnur ishtirok etib, tibbiyot sohasidagi ta’lim jarayoni hamda yoshlarning tibbiyotga bo‘lgan qiziqishi haqida fikr bildirdi.
Suhbat davomida yoshlarning bilim olishga intilishi, sohadagi yutuqlari va kelajakda yetuk tibbiyot xodimi bo‘lish yo‘lidagi harakatlari alohida ta’kidlandi.
