Yangiliklar

Yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi instaserial premyerasi!

06.08.2025

👁 2 marta ko‘rilgan

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega “DRUG DEALER” instaserialining premyerasi bo‘lib o‘tmoqda.

🎬 Ushbu ta’sirchan film orqali yoshlar orasida giyohvandlikning fojiali oqibatlari, uni targ‘ib qiluvchilarning mudhish taqdiri yorqin aks ettirilgan.

📍 Mazkur instaserial Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari ishtirokida ham namoyish etildi. Yoshlar bunday ko‘rsatuvlar orqali yovuz illatlardan yiroq bo‘lish, ongli hayot tarzini tanlash, huquqiy madaniyatni oshirish haqida chuqur xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

🎥 Film O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va “Uzakov Production” studiyasi hamkorligida suratga olingan.

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com