Yangiliklar

Yurt obodligi — barchamizning mas’uliyatimiz! 🌿

13.03.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

13–14-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Hashar jarayonida institut hududida obodonlashtirish ishlari keng ko‘lamda olib borilib, daraxtlarga ishlov berish, devorlarni oqlash, hududni tartibga keltirish hamda atrof-muhitni chiqindilardan tozalash kabi ishlar hamjihatlik bilan amalga oshirilmoqda. Bu ezgu tashabbus jamoaning birdamligi va mas’uliyatini yana bir bor namoyon etmoqda.

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” degan ezgu g‘oya asosida o‘tayotgan ushbu hashar texnik xodimlar hamda jamoa a’zolarining Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati, ekologik madaniyati va jamoatchilik ishlaridagi faolligini yaqqol ko‘rsatmoqda.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com