Yangiliklar

ZAKOVAT QUIZ – Intellekt, bilim va yetakchilik maydoni!

07.07.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

🧠 Bugun, Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida #Dolzarb_90_kun tadbirlari doirasida talabalar o‘rtasida aqliy salohiyat va bilimlar sinovi — «ZAKOVAT QUIZ» intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.

🎯 Bellashuvning asosiy maqsadi — yoshlarning:

• intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish,

• bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish,

• izlanuvchanlik va tashabbuskorlik qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash,

• kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va

• sog‘lom ilmiy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

📖 Qizg‘in va bilimli muhitda o‘tgan ushbu intellektual o‘yin talabalarga nafaqat bilim, balki jamoaviy ishlash, fikrlash, tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ham mustahkamlash imkonini berdi.

👥 Yoshlar o‘rtasida shunday ma’naviy va aqliy bellashuvlarni tashkil etish – ularning kelajakda bilimli, shaxs sifatida shakllanishiga mustahkam poydevor yaratadi.

📝 Intellektual maydonda sizning ham o‘rningiz bor! Bilimingizni sinash, do‘stlaringiz bilan jamoa bo‘lib, qiziqarli faktlar va savollarga javob topish — bu nafaqat o‘yin, balki o‘sishning yo‘li!

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com