Yangiliklar

«Sağlık Bilimleri» universiteti rektori bolalar klinikasida bo‘ldi

21.05.2026

👁 13 marta ko‘rilgan

➤ Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutiga amalga oshirilgan tashrif doirasida Turkiyaning «Sağlık Bilimleri» universiteti rektori Prof. Doktor Kemalettin Aydin Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti qoshidagi bolalar klinikasida bo‘lib, u yerda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

➤ Tashrif davomida mehmonlarga klinikada bolalar salomatligini muhofaza qilish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini joriy etish hamda amaliy tibbiy ta’lim yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

➤ Shuningdek, klinikaning zamonaviy tibbiy jihozlari, davolash bo‘limlari va bemorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar namoyish etildi.

➤ Prof. Doktor Kemalettin Aydin muassasada sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish va malakali mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com