DAVLAT BAYROĞIMIZ — ĞURURIMIZ TIMSOLI
18.11.2026 ПоделитьсяQoraqalpoğiston tibbiyot institutida 18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan talaba-yoşlar iştirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbirni institutning yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori Z. Aleuov oçib berib, iştirokçilarni qutluğ sana bilan samimiy tabrikladi. U öz nutqida Davlat bayroğining milliy davlatçiligimiz, mustaqilligimiz va xalqimiz birligi timsoli sifatidagi ahamiyatiga alohida töxtaldi.
Tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi M. Utepbergenov, institutning “Özbek tili, tillar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, PhD T. Prniyazova hamda institut profilaktika inspektori T. Karlibaeva öz ma’ruzalari bilan söz oldilar.
Ma’ruzalarda Davlat bayroğining tarixi, mazmun-mohiyati, davlat ramzlariga hurmat va ularning yoşlar tarbiyasidagi örni haqida söz yuritildi.
Tadbir talaba-yoşlarda Vatanga sadoqat, milliy ğurur va davlat ramzlariga hurmat tuyğularini yanada mustahkamlaşga xizmat qildi.







