Qoraqalpoq tibbiyot institutida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, giyohvandlik…
20.05.2026 ПоделитьсяQoraqalpoq tibbiyot institutida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, giyohvandlik va narkojinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot ishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur jarayonda Respublika ishchi guruhi a’zosi I. Choriyev institutda bo‘lib, institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Z. Aleuov bilan birgalikda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zararli illatlarga qarshi immunitetni mustahkamlash, giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalarni iste’mol qilishning oldini olishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, bu borada amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar, reja-jadvallar, targ‘ibot materiallari, uchrashuvlar va davra suhbatlariga oid ma’lumotlar atroflicha ko‘rib chiqildi.






